Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
05.09.2025 22:33
👁 22
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq ishonchli uchinchi taraf xizmati – bu axborot va elektron hujjatlarni almashishda ishonchni ta’minlash maqsadida elektron hujjatlardagi ERIning uni imzolagan shaxsga tegishliligini tekshirish faoliyati.
Prezidentning «Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq «Ishonchli uchinchi taraf» tamoyili asosida O‘zbekiston hududida berilgan raqamli imzo bilan tasdiqlangan raqamli hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash imkonini beruvchi «Yagona raqamli hujjatlar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Hujjat bilan ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi va u quyidagilarni belgilaydi:
ishonchli uchinchi taraf xizmatining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
xizmatning ERI markazlari va axborot tizimlari bilan o‘zaro ishlash tartibi;
raqamli hujjatlar haqiqiyligini tasdiqlash va «Yagona raqamli hujjatlar» ma’lumotlar bazasini yuritish tartibi.
Ishonchli uchinchi taraf xizmati funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxs vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadi va idoralararo va transchegaraviy axborot aloqasi jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida ta’minlash bo‘yicha axborot vositachisi sifatida ish yuritadi, shuningdek ularning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi.